Yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi belgilandi. Bu bo‘yicha tegishli nizom hukumat qarori bilan tasdiqlandi.
Hujjat yuk ko‘tarish qurilmalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibini belgilaydi. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi mazkur sohada vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Nizomga ko‘ra, yangi o‘rnatilgan, modernizatsiya (rekonstruksiya) qilingan yoki mukammal taʼmirlangan yuk ko‘tarish qurilmalari foydalanishga topshirilgunga qadar to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi shart.
Foydalanishda bo‘lgan yuk ko‘tarish qurilmalari 1 yilda kamida 1 marta qisman texnik ko‘rikdan va 3 yilda 1 marta to‘liq texnik ko‘rikdan o‘tkazilishi kerak.
Yuk ko‘tarish qurilmalarining texnik ko‘rigi mulkdorning yozma yoki elektron tarzdagi murojaatiga asosan, ixtisoslashgan tashkilot tomonidan o‘tkaziladi.
Qurilmalar dastlabki, davriy va navbatdan tashqari texnik ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Texnik ko‘riklar mulkdorning yozma yoki elektron tarzdagi murojaati asosida ixtisoslashgan tashkilot tomonidan mulkdor bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq o‘tkaziladi.
Avvalroq elektr energetikasi tizimida texnologik buzilishlarni tekshirish tartibi belgilangandi.
