Toshkentda yo‘l qoidabuzarliklariga oid jarimalar yuzasidan shikoyatlar uchun Call-markaz ishga tushdi. Bu haqda poytaxt IIBB YHXB xabar berdi.

Taʼkidlanishicha, bunda jismoniy va yuridik shaxslarning yo‘l harakati qoidabuzarliklari bo‘yicha maʼmuriy ishlarni ko‘rib chiqish hamda huquqbuzarliklar yuzasidan qarorlar ustidan shikoyatlarni tez hal etish maqsad qilingan.

Call-markaz telefon raqamlari:

  • +998 95 954 34 32
  • +998 95 954 31 37
  • +998 95 954 31 36
  • +998 95 954 30 39

Endi fuqarolar telefon raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib shakllantirilgan qarorlar ustidan shikoyat berishlari mumkin. Shu bilan birga, qarorning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini tekshirish imkoni mavjud.

Bundan tashqari, Telegram‘dagi “YHXBga murojaat” guruhiga yozish orqali shikoyatlarga javob olish mumkin.

Fevral oyi boshida bir qator yo‘l harakati huquqbuzarliklari uchun maʼmuriy ogohlantirish joriy qilingandi.

Avvalroq haydovchilarning dam olish rejimini buzganlik uchun javobgarlik belgilangandi.