Ramazon oyida ayrim umumiy ovqatlanish korxonalari tomonidan “aksiya setlar” (kompleks ovqatlar)ni majburiy tarzda joriy etish holatlari kuzatilmoqda. Bu haqda Raqobat qo‘mitasi ma‘lum qildi.

Qayd etilishicha, ayrim kafe, restoran va oshxonalarda minimal narx belgilab, iste‘molchiga faqat set ko‘rinishidagi to‘plamni tanlash imkoniyati qoldirilayotgani, boshqa taomlarga buyurtma berish imkoniyati cheklanayotgani aniqlangan.

Qo‘mita “Iste‘molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi qonun ning 4-moddasiga ko‘ra, iste‘molchi tovar va xizmatlarni erkin tanlash huquqiga ega ekanini eslatdi. 21-moddaga muvofiq esa, sotuvchi yoki ijrochi iste‘molchiga qo‘shimcha tovar yoki xizmatlarni majburan yuklashga haqli emas.

Shu munosabat bilan umumiy ovqatlanish korxonalari mijozlarni “set"ni tanlashga majburlamasligi kerak.

Iste‘molchining menyudagi boshqa taomlarga buyurtma berish huquqi cheklanmasligi lozim. Shuningdek, sog‘liqqa salbiy ta‘sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan mahsulotlar majburiy to‘plam tarkibiga kiritilmasligi zarur.

Konstitutsiya ning 65-moddasiga muvofiq, davlat iste‘molchilar huquqlari ustuvorligini hisobga olgan holda tadbirkorlik erkinligini kafolatlashi qayd etilgan.

Raqobat qo‘mitasi bunday holatlar aniqlansa, belgilangan tartibda ta‘sir choralari ko‘rilishidan bo‘yicha ogohlantirish berdi.

Avvalroq Raqobat qo‘mitasi Ramazon oyida oziq-ovqat narxlari nazoratini kuchaytirishi haqida xabar berilgandi.