Ilmiy faoliyat sohasidagi tashkilotlar laboratoriya uskunalari bilan taʼminlanadi. Bu bo‘yicha tegishli nizom hukumat qarori bilan nizom tasdiqlandi.

Hujjatga muvofiq, xarid uchun ariza masʼul shaxslar tomonidan rasmiylashtiriladi. Ilmiy loyihalarda arizani loyiha rahbari, ilmiy mavzularda esa ilmiy bo‘linma rahbari yoki tegishli mavzu rahbari taqdim etadi.

Dissertatsiya tadqiqotlarida ariza doktorantning ilmiy rahbari yoki kelishuv asosida ilmiy daraja va unvonga ega doktorantlardan biri tomonidan beriladi.

Arizada ilmiy faoliyat yo‘nalishlarini ko‘rsatgan holda markazlashgan davlat xaridi yoki mustaqil ravishda xarid usullaridan birini amalga oshirish ko‘rsatiladi.

Ariza, maxsus axborot tizimida maʼlum bir ilmiy faoliyat yo‘nalishidagi tadqiqotni bajarishga masʼul tashkilot rahbari tomonidan kelishilgach, yuboriladi.

Agentlik qabul qilingan arizalar bo‘yicha shakllantirilgan buyurtmalarni 10 ish kuni ichida belgilangan talablarga muvofiqligini ko‘rib chiqadi.

Ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha maʼqullangan arizalar maxsus axborot tizimi orqali Xarid komissiyasiga yuboriladi.

Avvalroq xalqaro taʼlim dasturlarini o‘qitayotgan texnikum xodimlariga ustama to‘lanishi haqida xabar berilgandi.