O‘zbekiston va Serbiya Ishbilarmonlar kengashi tashkil etiladi. Bu haqda Savdo-sanoat palatasi xabar berdi.
Toshkentda 19-fevral kuni Serbiya Bosh vaziri o‘rinbosari — Iqtisodiyot vaziri Andreana Mesarovich bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Unda ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar elektrotexnika, mashinasozlik, oziq-ovqat sanoati va to‘qimachilik sohalarida qo‘shma loyihalarni faollashtirishga kelishib oldi.
Muzokaralarda Belgradda O‘zbekiston Savdo uyini, shuningdek, O‘zbekistonda Serbiya Savdo uyini ochish tashabbusi ilgari surildi.
Shuningdek, Serbiyada Made in Uzbekistan milliy ekspozitsiyasini tashkil etish va tadbirkorlar o‘rtasida muntazam B2B uchrashuvlarini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Serbiya Savdo-sanoat palatalari o‘rtasida Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish to‘g‘risida bitim imzolandi.
Kengash doimiy muloqot va amaliy hamkorlik uchun yangi platforma vazifasini bajaradi.
Bundan avval Avstriya va Iordaniya da O‘zbekiston ishtirokida Ishbilarmonlar kengashi tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.
Shu bilan birga, Belarusda O‘zbekiston Savdo uyini ochilishi rejalashtirilayotgani aytilgandi.
Spot, avvalroq, O‘zbekiston va AQSH qanday hujjatlarni imzolagani haqida yozgandi.

