Avvalroq Toshkentda ochiq olovda taom tayyorlaydigan ovqatlanish nuqtalari ustidan nazorat kuchaytirilgani haqida xabar berilgandi.

Bir kun avval Yangihayot tumani hokimligi noqonuniy qurilmalar demontaj qilinayotganini maʼlum qilgandi. Xususan, tadbirkorlar tomonidan noqonuniy egallab olingan hududlar, inshootlar va ko‘chma savdo shoxobchalari tugatildi. Bundan tashqari, fuqarolar bilan bu kabi huquqbuzarliklar takrorlanmasligi yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

E‘lon qilingan kadrlarda binolar bo‘ylab trotuarlarda joylashgan savdo rastalari demontaj qilingani aks etgan. Noqonuniy obyektlarda kiyim-kechak, oziq-ovqat mahsulotlari, shuningdek, sabzavot va mevalar sotilgan.

Sergeli tumani hokimligi ham noqonuniy qurilmalarni demontaj qilish bo‘yicha xuddi shunday ishlar olib borilayotgani haqida ma‘lumot berdi. 19-fevral kuni Toshkent halqa avtomobil yo‘li bo‘ylab joylashgan uchta mahalla hududida noqonuniy obyektlar yo‘q qilindi. Ishdan ko‘zlangan maqsad yo‘l bo‘yi infratuzilmasini yaxshilash va belgilangan shaharsozlik me‘yorlariga rioya etilishini ta‘minlash ekani aytildi.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining Toshkent shahar boshqarmasi Yunusobod, Sergeli, Mirobod va Olmazor tumanlarida o‘rganishlar olib borilayotganini ma‘lum qildi.

Noqonuniy savdo nuqtalari — tandirlar, qovurdoqlar, manqallar, qozonlar yo‘lning qatnov qismida va belgilanmagan joylarda sanitariya qoidalariga zid ravishda joylashtirilgan. Barcha obyektlar demontaj qilindi, ularning faoliyati to‘xtatildi.

Bundan tashqari, idora xodimlari turar joy binolari yaqinida ochiq olov yoqish, piyodalar yo‘laklarida ovqat pishirish va ekologiyaga zarar yetkazuvchi har qanday boshqa faoliyat uchun “qat‘iy ogohlantirishlar” e‘lon qilmoqda.

Avvalroq Raqobat qo‘mitasi Umra ziyoratini reklama qilgani uchun yana ikki turoperatorni jarimaga tortgani haqida xabar berilgandi.