Toshkent va boshqa shaharlarda servis bilan hamkorlik qilib kelgan kuryerlar Uzum Tezkor’ning logistik hamkorlari bilan ishlashni davom ettirishlari mumkin. O‘quv jarayoni yakunlangach, ular darhol ish boshlash imkoniga ega bo‘lishadi. Shunday qilib, Wolt kuryerlari kompaniya bozorni tark etayotganiga qaramay, daromad manbaini saqlab qolishlari mumkin. Shuningdek, Ramazon oyida Uzum Tezkor servis kuryerlariga qoldirilgan choy pulini ikki barobarga oshiradi, jumladan, endigina ish boshlaganlar uchun ham.
Servisning logistika hamkorlarida ishning ilk kunlaridan boshlab to‘lov olish imkoniyati mavjud. Sumka va forma bepul taqdim etiladi, bu esa qo‘shimcha xarajatlarsiz ish boshlash imkonini beradi.
Shuningdek, logistik hamkorlari bilan birgalikda Uzum Tezkor tezroq transport vositalariga — elektrosiped va mopedlarga qulay o‘tish imkoniyatlarini kengaytirdi hamda servis A1 toifadagi haydovchilik guvohnomasini olishda ko‘mak dasturini yo‘lga qo‘ydi.
Mopedda buyurtmalarni yetkazib berishni rejalashtirgan, biroq hali haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lmagan kuryerlar uchun bepul tayyorgarlik dasturi mavjud:
- haydovchilik guvohnomasini olish jarayoni bo‘yicha ofisda maslahatlar;
- taklif etilgan instruktor tavsiyalari;
- nazariy imtihonga tayyorgarlikda yordam;
- o‘quv maydonchasida instruktor bilan amaliy mashg‘ulotlar o‘tish imkoniyati.
Agar kuryer imtihon topshirishga tayyor bo‘lsa, imtihondan muvaffaqiyatli o‘tib, haydovchilik guvohnomasini olgach, mopedda zarur miqdordagi buyurtmalarni bajargan taqdirda 3 mln so‘mgacha kompensatsiya ko‘zda tutilgan.
Tezroq transport vositalariga o‘tishni istagan kuryerlar uchun moped yoki elektrosipedni 5 oygacha bo‘lib to‘lash asosida sotib olish imkoniyati mavjud. Zarur miqdordagi buyurtmalar bajarilganda, xarajatlarning 40%igacha Uzum Tezkor tomonidan qoplanadi.
Bugungi kunda Uzum Tezkor butun O‘zbekiston bo‘ylab 7000 dan ortiq kuryer bilan hamkorlik qiladi va yetkazib berish sohasida ishlashni istaganlar uchun imkoniyatlarni kengaytirishda davom etmoqda.
Reklama huquqlari asosida.