Britaniyaning yuks avtomobillar ishlab chiqaruvchi Aston Martin kompaniyasi ishchilar sonini 20% ga qisqartiradi. Bu haqda The Guardian nashri yozmoqda.

Qayd etilishicha, kompaniya ortib borayotgan zarar fonida 40 mln funt sterlingga ($54 mln) yaqin mablag‘ni tejashni maqsad qilgan.

Fevral oyida Aston Martin xodimlarni qisqartirish dasturi bo‘yicha maslahatlashuvlarni boshlagan edi. Kompaniya xodimlar sonini beshdan bir qismga, ya’ni taxminan 500 nafarga kamaytirish niyatida. Yil boshida avtomobil ishlab chiqaruvchi allaqachon 170 kishini ishdan bo‘shatgan.

“Biznesni rejalarni amalga oshirish uchun zarur resurslar bilan ta’minlash maqsadida yil boshida tashkiliy tuzatishlar jarayonini o‘tkazganimizdan so‘ng, yil oxirida keyingi o‘zgarishlar to‘g‘risida qiyin qaror qabul qilishimizga to‘g‘ri keldi”, — deyiladi Aston Martin bayonotida.

Avtomobil ishlab chiqaruvchining zarari 2024-yilda 289,1 mln funt sterlingni (390,2 mln), 2025-yilda esa 363,9 mln funt sterlingni (491,2 mln) tashkil etdi.

Aston Martin aksiyalari 2019-yilda fond bozoriga birlamchi joylashtirilganidan so‘ng o‘z qiymatining katta qismini yo‘qotdi.

O‘shandan beri kompaniya bir necha bor yirik yo‘qotishlar, dilerlardagi ombor zaxiralari inqirozi va ishlab chiqarishdagi muammolarga duch keldi.

2025-yil may oyida Aston Martin prezident Donald Tramp tomonidan joriy etilgan bojlar tufayli AQShga importni cheklashi haqida xabar berilgandi.

Aprel oyidan boshlab AQSHda mamlakatga olib kiriladigan tayyor xorijiy avtomobillar uchun 25%lik bojlar amal qilmoqda, Amerikada ishlab chiqarilmaydigan Aston Martin ham bunga duch keldi.

Aston Martin aprel oyida AQShga yetkazib berishni qisqartirdi va may oyida uni oshirmaydi. Avtomobil ishlab chiqaruvchisi o‘zining amerikalik dilerlari zaxiralariga tayanadi va ularning yordami bilan savdo urushidan omon qolishga umid qilmoqda, deya ta’kidlaydi Financial Times.


Avvalroq Spot Amazon butun dunyo bo‘ylab qariyb 16 ming xodimini ishdan bo‘shatgani haqida yozgandi.

AQSHda qisqartirishga tushgan xodimlarga Amazon ichida boshqa lavozim topish uchun 90 kun berilib, ularga nafaqa, tibbiy sug‘urta va bandlik bo‘yicha yordam ko‘rsatiladi.