Ishga qabul qilish jarayonlarini avtomatlashtirish va optimallashtirish uchun yaratilgan sun’iy intellektga asoslangan Helio AI rekruting platformasi O‘zbekistonda o‘z vakolatxonasini rasman ochdi. Kompaniya, shuningdek, IT Park Uzbekistan rezidentiga aylandi, bu esa Helio AI’ning mintaqadagi uzoq muddatli rejalari doirasidagi strategik qadam bo‘ldi.

Yangi ofisning ochilishi O‘zbekistondagi o‘sib borayotgan talabni va Helio AI’ning mahalliy jamoalarni yanada yaqindan qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan intilishini aks ettiradi, platformani tezroq joriy etish va joylarda shaxsiy yordamni ta’minlaydi. Mamlakatdagi rasmiy ishtiroki tufayli Helio AI butun O‘zbekiston bo‘ylab kompaniyalar bilan hamkorlikni chuqurlashtirish va IT Park rezidenti sifatida innovatsion ekotizimga hissa qo‘shishni rejalashtirmoqda.

Helio AI rekruterlar uchun SI-assistent sifatida ishlaydi va yollash jarayonining barcha bosqichlarini yagona ish maydonida birlashtiradi. Rekruterlar quyidagilarni bajarishi mumkin:

  • bo‘sh ish o‘rinlarini yaratish va ularni turli kanallarda joylashtirish;
  • nomzodlar arizalarini bir joyda jamlash;
  • skriningni (saralashni) avtomatlashtirish;
  • nomzodlar bilan muloqotni boshqarish;
  • ko‘rgazmali hisobot yordamida butun tanlov jarayonini kuzatib borish.

Platforma, shuningdek, onboarding (ishga moslashtirish) jarayonlarini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa yollash jarayonini xodimni ishga moslashtirish bosqichi bilan bog‘lab, samaraliroq boshqaruvni ta’minlaydi.

Bugungi kunda Helio AI yettita mamlakatda 400 dan ortiq brendlar bilan hamkorlik qiladi. Ular qatorida Mango, Zara, BMW, MINISO, Wendy’s, Dunkin', Swissotel, iSpace, Wissol, TBC Insurance, Lactalis, BS/2 va boshqalar bor

“O‘zbekistonda vakolatxona ochish bu o‘sib borayotgan talab va mintaqadagi uzoq muddatli strategiyamizdan kelib chiqqan tabiiy qadamdir. Biz O‘zbekiston kompaniyalariga jamoalarning xodimlarni tezroq yollashiga, kundalik vazifalar hajmini kamaytirishiga hamda jarayonlarni yanada shaffof va nazorat ostida olib borishga yordam beradigan rekruting tizimini taklif qilishdan mamnunmiz. Va bu talab kundan-kunga ortib borayotganini ko‘ryapmiz”, — deya ta’kidladi Helio AI bosh direktori Iako Jikiya.

Helio AI — kompaniyalarga ishga yollash jarayonini optimallashtirish va kengaytirishda yordam berishga mo‘ljallangan, sun’iy intellektga asoslangan rekruting platformasidir. Takrorlanuvchi vazifalarni avtomatlashtirish va yollash jarayonlarini yagona tizimga birlashtirish orqali Helio AI jamoalarga samaradorlikni oshirish, vakansiyalarni yopish muddatini qisqartirish hamda vakansiya e’lon qilinganidan to xodim ish boshlaguniga qadar bo‘lgan bosqichda yanada sifatli yollash tizimini yaratish imkonini beradi.

Sayt: helio-ai.com

Reklama huquqlari asosida.