O‘zbekiston prezidenti Saudiya Arabistoni, BAA va Qatardan vatandoshlarni qaytarish uchun aviareyslarni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi. Bu haqda Gazeta hukumatdagi manbaga tayanib xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha, 2-mart kuni bosh vazir Abdulla Aripov bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda O‘zbekiston fuqarolarini evakuatsiya qilish va Yaqin Sharqdagi hozirgi inqiroz tufayli logistikani qayta ko‘rib chiqish masalasi ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari transport vaziri Ilhom Mahkamovga Saudiya Arabistoni, BAA, Qatar va mintaqaning boshqa davlatlaridan fuqarolarni qaytarish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirishni topshirdi.
Rasmiy maʼlumotlarga ko‘ra, Saudiya Arabistonida 1000 dan ortiq o‘zbekistonlik ziyoratchilar bor. Reyslar bekor qilingani sababli ko‘plab o‘zbekistonliklar ham BAAdan uchib keta olmagan.
Repatriatsion reyslar Saudiya Arabistoni, BAA (Dubay va Abu Dabi), Qatarga parvozlarni amalga oshiruvchi barcha aviakompaniyalar tomonidan tashkil etiladi.
Bunday reyslar Uzbekistan Airways, Centrum Air, Qanot Sharq va Fly Khiva tomonidan yo‘lga qo‘yilgan. Yaqin Sharq mamlakatlari yo‘nalishdagi parvozlar yo‘lovchilarsiz amalga oshiriladi.
Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekistondan parvozlarni kelishish uchun tegishli davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazish topshirildi.
Prezident, shuningdek, Transport vazirligiga eksport-import operatsiyalari uchun muqobil transport yo‘laklarini ishlab chiqishni topshirdi.
Yaqin Sharqdagi mojaro
28-fevral kuni AQSH va Isroil Eronga aviazarbalar berishni boshladi, Tehron va boshqa shaharlarda kuchli portlashlar qayd etildi, deya xabar berdi The New York Times.
Donald Tramp AQSH Eronga qarshi keng ko‘lamli harbiy operatsiya boshlaganini tasdiqladi. Shundan keyin Isroil ham, Eron ham o‘z havo hududlarini yopdi.
Keyinroq O‘zbekiston Yaqin Sharqdagi vaziyat sababli Umra safarini vaqtincha kechiktirdi. Xususan, 2-martga rejalashtirilgan Toshkent-Jidda reysi ham ma’lum muddatga qoldiriladi.
TIV o‘zbekistonliklarga Yaqin Sharqqa safarlarni vaqtincha kechiktirishni tavsiya qilgandi. Hozirda xorijda bo‘lib turgan fuqarolardan esa ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish so‘raldi.
Avvalroq Apple BAAdagi chakana savdo do‘konlarini vaqtincha yopgani haqida xabar berilgandi.