Samarqand shahrida 2,2 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mayning ferma fosh etildi. Bu haqda O‘zenergoinspeksiya xabar berdi.
Inspeksiya Samarqand viloyat hududiy boshqarmasi, IIB va Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida nazorat tadbiri o‘tkazildi.
Unda fuqaro N. S. ga qarashli xonadonda 5 ta mayning qurilmasi elektr tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulangani aniqlandi. Fuqaro elektrdan noqonuniy foydalanib kelgan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida 2,29 mlrd so‘mlik zarar yetkazilgan.
19-yanvar kuni ILMA NexaGrid xususiy kompaniyasiga Buxoro viloyatida mayning faoliyatini amalga oshirish uchun ruxsatnoma bergandi.
Spot, avvalroq, O‘zbekistonda ayrim hollarda kriptovalyutalar bilan to‘lov qilishga ruxsat berilishi mumkinligi haqida yozgandi.