ONA fondi va Yandex Uzbekistan og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayol kuryerlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturni yo‘lga qo‘ydi. Dastur, jumladan, yolg‘iz onalik, og‘ir kasallik yoki ayolning o‘zida, turmush o‘rtog‘ida yoki farzandida nogironlik holatlari kabi vaziyatlarni qamrab oladi. Qo‘llab-quvvatlash formati va hajmi har bir holatdan kelib chiqib, fond tomonidan belgilanadi. Dastur ishtirokchilari kompleks huquqiy va gumanitar yordam olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Fond yordamni individual tarzda tanlaydi. Masalan, huquqshunos maslahatini tashkil etish, oziq-ovqat yoki bolalar uchun tovarlar sotib olishda ko‘maklashadi. Ariza topshirish uchun havola orqali maxsus shaklni to‘ldirish lozim. Murojaat Yandex Go tomonidan 5 ish kuni davomida ko‘rib chiqiladi va talablarga mos kelgan taqdirda, fondga yo‘naltiriladi.

Dasturda Yandex Go ichidagi “Taomlar”, Lavka yoki “Yetkazib berish” xizmatlari orqali buyurtmalarni bajarayotgan hamda xizmat qoidalarini buzmagan ayol kuryerlar ishtirok etishi mumkin. Yolg‘iz ona maqomini, nogironlik yoki og‘ir kasallik holatini tasdiqlash uchun fond tegishli hujjatlarni so‘rashi mumkin. Dastur pilot loyiha shaklida amalga oshirilmoqda.

ona, reklama, yandex uzbekistan

ONA fondi — nodavlat notijorat tashkilot bo‘lib, og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan ayollar va bolalarni sifatli tibbiy xizmat, ta’lim va ijtimoiy himoya bilan ta’minlashga ko‘maklashadi. Yandex Uzbekistan uchinchi yildirki, ONA fondini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda: xayriya safarlari va yetkazib berish xizmatlarini taqdim etish, shuningdek, alohida dasturlarni amalga oshirishda ishtirok etish orqali. Jumladan, kompaniya O‘zbekistondan bo‘lgan iqtidorli bakalavriat va magistratura talabalari uchun ta’lim grantlarini yo‘lga qo‘yishga ko‘maklashdi. Kompaniya hissasi tufayli kontrakt to‘lovlari qoplandi va stipendiyalar ajratildi. 2023-yildan buyon fond faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun jami 357 mln so‘m yo‘naltirildi.

“Yandex Uzbekistan imkon qadar ko‘proq insonlarga rivojlanish va daromad topish imkoniyatini yaratishga intiladi. Ushbu missiya doirasida xizmatlarimiz sheriklarning turli ehtiyojlariga moslashtirib borilmoqda. Masalan, “Taksi“ xizmati kar va eshitish qobiliyati cheklangan haydovchilar uchun ulanish va o‘qitishdan tortib, yo‘lovchilar bilan o‘zaro muloqotgacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. Amaldagi loyihalar va instrumentlarga qo‘shimcha ravishda, biz ayol kuryerlarni qo‘llab-quvvatlash dasturini ishga tushirdik — u murakkab hayotiy bosqichni yengilroq yengib o‘tish uchun tayanch bo‘lishga qaratilgan”, — dedi Yandex Uzbekistan strategik rivojlanish bo‘yicha vitse-prezidenti Sardor Qodirov.

Reklama huquqlari asosida.