Enter Engineering kompaniyasidan 12,7 mingdan ortiq xodimning ish haqi bo‘yicha qarzdorligi undirildi. Bu haqda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot kotibi Gulnoza Alimova o‘zining Telegram-kanalida yozdi.

Bandlik vazirligining ma’lum qilishicha, 2026-yil mart holatiga ko‘ra, Enter Engineering faoliyati to‘g‘risidagi murojaatlar asosida va uning tizimidagi korxonalarda Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Joriy yilda Bandlik vazirligi huzuridagi Davlat mehnat inspeksiyasi Enter Engineering kompaniyasining 11 ta obyekti hamda unga aloqador 34 ta korxonada ish haqi bo‘yicha qarzdorlikni undirish choralarini ko‘rdi.

Ushbu korxonalar Toshkent shahri, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlarida faoliyat yuritadi.

O‘tkazilgan tekshiruvlar natijasida Enter Engineering kompaniyasining 12 754 nafar ishchisining ish haqi undirilgan.

Qayd etilishicha, hozirda o‘rganishlar davom ettirilib, xodimlarning mehnat huquqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda himoya qilish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda.


Avvalroq aholi bandligini oshirish uchun Jahon bankidan $100 mln jalb qilish rejalashtirilayotgani haqida xabar berilgandi.

Kasb-hunar ta‘limi sohasidagi o‘qituvchilarni sertifikatlash va malakani baholash markazlarini ochish uchun subsidiyalar joriy etiladi.