7-mart kuni metan “zapravkalar” soat 10:00 dan 16:00 ga qadar faoliyat yuritadi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, Farg‘ona vodiysida metan “zapravka"larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
4-mart kuni vazirlik havo harorati pasayishi sababli metan “zapravkalar” shu kuni soat 19:00 dan 5-mart soat 10:00 gacha yopilishini ma’lum qilgandi. Kuni kecha esa, AGTKShlar faoliyati soat 16:00 gacha uzaytirildi.
Shu bilan birga, Farg‘ona vodiysida “zapravka"larning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshirilishi bildirilgandi.
6-mart kuni metan “zapravka"lar faqat ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun ishlashi haqida xabar berilgandi.
Spot, avvalroq, Toshkentdagi IESlar isitish mavsumida barqaror ishlashi uchun suyultirilgan gaz zaxirasi omborlari qurilishi haqida yozgandi.