KotibAI: O‘zbekistonda sun’iy intellekt, shevalarni tushunish hamda shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi haqida

Spot loyiha hammuassisi Samandar bilan suhbatlashdi. U ekotizim qanday shakllangani, kompaniyalar sun’iy intellektni qanday qabul qilayotgani hamda u biznes jarayonlarini qanday o‘zgartirayotgani haqida so‘zlab berdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Xususiy universitetlar uchun “kosmik talablar”: mutaxassislar litsenziya olishdagi korrupsiya xavflari haqida

Oliy ta’lim vazirligi xodimi litsenziya olib berish uchun $100 ming talab qilib, qo‘lga tushdi. Spot mutaxassislar bilan nodavlat oliy ta’lim muassasalari uchun qo‘yilgan talablar, litsenziya olishdagi muammolar hamda korrupsiya xavflari haqida suhbatlashdi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Toshkentdagi Amity universiteti rektori Shuhrat Sattorov tavsiya qilgan 5 kitob

Shuhrat Sattorov ish va hayotidagi tajribalaridan kelib chiqib, muvaffaqiyatga erishishda unga qo‘l kelgan kitoblarni o‘rtoqlashdi. Deming, Goleman, Kovi, Jon Dor va Toni Sheyning asarlari nafaqat professional bilimni oshirish, balki shaxsiy rivojlanish va maqsadli hayot sari yo‘l ko‘rsatadi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Toshkentda peshlavhalarga qarshi reydlar biznesga qanday ta’sir qildi?

Spot peshlavhalari demontaj qilingan bir qator tadbirkorlar bilan suhbatlashib, reydlar qanday o‘tgani, ularga oldindan rasmiy ogohlantirish berilgan-berilmagani hamda hokimiyat vakillari peshlavhalarni joylashtirish tartibi bo‘yicha qanday tushuntirishlar berganini o‘rgandi.

hafta yakuni, week summary, yangiliklar


Haftaning asosiy yangiliklari

  1. Uzum O‘mon suveren investitsiya fondidan $130 mln jalb qildi.
    Natijada ekotizim bahosi $2,3 mlrdga yetdi. Uzum mablag‘larni elektron tijorat, raqamli banking, to‘lov servislarining rivojlantirishga yo‘naltirmoqchi.
  2. Endi qiymati faqat $15 mlndan yuqori loyihalar ekspertizadan o‘tkaziladi.
    Loyihaoldi hujjatlarini ko‘rib chiqishda texnik topshiriqlar ekspertizadan o‘tkazilmaydi, asosiy e‘tibor yirik korporativ va budjet loyihalariga qaratiladi.
  3. Toshkentdagi uy-joylarning o‘rtacha narxlarini onlayn kuzatish imkoni yaratiladi.
    Urbanizatsiya qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyevning aytishicha, hududlar kesimida narxlarning e’lon qilinishi aholiga uy-joyga investitsiya kiritish bilan bog‘liq qarorlarni qabul qilishga yordam beradi.
  4. Toshkentda yo‘l o‘tkazgich devori o‘pirilib tushdi. Foto.
    Bunga sabab sifatida so‘nggi kunlardagi kuchli yog‘ingarchilik ta‘siri ko‘rib chiqilmoqda. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘qligi aytildi.
  5. Green Card dasturiga ariza berishda yangi qoidalar joriy etiladi.
    Ariza topshirishda muddati tugamagan pasport ma’lumotlarini kiritish va pasportning biografik hamda imzo sahifasi skanerini yuklash majburiy bo‘ladi.
  6. 16-mart kuni ipoteka subsidiyalari uchun arizalar qabuli boshlanadi.
    Arizalarni davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal orqali jo‘natish mumkin.
  7. Enter Engineering xodimlariga 450 mlrd so‘m ish haqi undirib berildi — Mehnat inspeksiyasi.
    Tekshiruvlar natijasida undirilgan mablag‘lar Enter Engineering va unga aloqador 34 ta korxonada ishlovchi 12,7 mingdan ortiq xodimning 4−6 oylik maoshiga teng.
  8. Toshkentda dizayn-kod tasdiqlandi — barcha binolar yagona talablarga keltiriladi.
    Dizayn-kodning binolarning tashqi ko‘rinishiga oid talablari shaharsozlik normalari va qoidalariga integratsiya qilinishi rejalashtirilmoqda.
  9. “Hamma uchun mag‘lubiyatli hikoya” — Toshkent hokimiyati elekt “zapravka"lar o‘chirilishi haqida.
    Poytaxt hokimligi muammoni hal etish yuzasidan kompaniyalar bilan muloqot olib bormoqda va reglamentni yangilash ustida ishlamoqda.
  10. Banklar va to‘lov tashkilotlari kiberjinoyatlar oqibatida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
    Biznes uchun kiberxavfsizlik talablariga rioya etmaslik bo‘yicha ma‘muriy javobgarlik joriy etiladi.
  11. 14-martdan metan “zapravka"lar faoliyati bosqichma-bosqich tiklanadi.
    Bugun esa “zapravka"lar faqat ijtimoiy soha obyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi va jamoat transporti uchun ishlaydi.