Energetika vazirligi matbuot xizmati 16-mart kuni avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari (AGTKSH) qaysi vaqtlarda ishlashini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, bugun “metan zapravkalar” soat 10:00 dan 16:00 gacha faoliyat yuritadi.
Farg‘ona vodiysida shoxobchalarning ish vaqti hokimliklar bilan kelishilgan holda, gaz bosimidan kelib chiqib amalga oshiriladi.
O‘tgan shanba-yakshanba kunlari ham AGTKSHlar kun davomida oltidan soat ishlagandi.
Mart oyi boshida havo harorati pasayishi sababli metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklovlar kiritila boshlandi.
Havo harorati pasayishi sababli 10-mart kuni soat 16:00 dan boshlab metan “zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov joriy etilishi aytilgandi. 12-mart kuni ham “zapravka"lar ijtimoiy soha va jamoat transporti uchun faoliyat yuritgan edi.