Afrosiyob elektropoyezdlari yangi yo‘nalishda harakatlanadi, deb xabar berdi Transport vazirligi.
Taʼkidlanishicha, Afrosiyob elektropoyezdlari haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari Toshkent-Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida qatnovlarni yo‘lga qo‘yadi.
Qatnovlar 27-martdan boshlab amalga oshiriladi.
Poyezdlar Toshkent-Shahrisabz yo‘nalishida Toshkent shahridan poyezd soat 06:33 da harakatlanadi.
Shahrisabz-Toshkent yo‘nalishida esa Shahrisabz shahridan poyezd soat 16:24 da harakatlanadi.
2022-yilning may oyida ham haftaning shanba va yakshanba kunlari Toshkent-Shahrisabz-Toshkent Afrosiyob qatnovi yo‘lga qo‘yilgan edi.
Avvalroq Toshkentdan Samarqand va Buxoroga qo‘shimcha Afrosiyob poyezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilishi haqida xabar berilgandi.