2022-yil 7 va 8-may sanasidan boshlab, haftaning shanba va yakshanba kunlari Toshkent — Shahrisabz — Toshkent" yoʻnalishida 758/757-sonli yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” poyezdlari qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.

Transport vazirligi axborot xizmati xabariga koʻra, yoʻlovchilarga transport xizmatlar koʻrsatish koʻlamini yanada oshirish maqsad qilingan.

Harakat jadvaliga muvofiq, Toshkent — Shahrisabz yoʻnalishida qatnaydigan 758-sonli “Afrosiyob” poyezdi shanba va yakshanba kunlari soat 08:00 da Toshkent markaziy vokzalidan joʻnaydi.

Bundan tashqari, Shahrisabz — Toshkent yoʻnalishida qatnaydigan 757-sonli “Afrosiyob” poyezdi esa Shahrisabz temir yoʻl vokzalidan soat 15:40 da harakatini boshlaydi.

2022-yil 7 va 8-may sanasidan boshlab, bugungi kunda Toshkent — Qarshi — Toshkent yoʻnalishida harakatlanayotgan 760/759-sonli “Afrosiyob” poyezdlarining shanba va yakshanba kunlari qatnovi toʻxtatiladi.

Avvalroq Spot temiryoʻl qatnovidan vaqtincha uzilgan vodiyga qoʻshimcha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyilganligi haqida yozgan edi.