Spot avvalroq yozganidek, Fargʻona vodiysidagi noqulay ob-havo temiryoʻllar qatnovining toʻxtatilishiga sabab boʻldi. Bu holatda yoʻlovchilarga harakatlanish uchun qulaylik yaratish maqsadida, 2022-yil 5-may kuni “Uzbekistan Airways” Fargʻona va Namanganga qoʻshimcha qatnovlarni amalga oshiradi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar bermoqda.
Qoʻshimcha aviaqatnovlar quyidagi jadval asosida amalga oshiriladi (mahalliy vaqt bilan):
HY-085/086 Toshkent — Fargʻona — Toshkent yoʻnalishi
- Toshkentdan joʻnab ketish 15:00
- Fargʻonaga yetib borish 16:00
- Fargʻonadan joʻnab ketish 17.00
- Toshkentga yetib borish 18:00
HY-095/096 Toshkent — Namangan — Toshkent yoʻnalishi
- Toshkentdan joʻnab ketish 19:00
- Namanganga yetib borish 20:00
- Namangandan joʻnab ketish 21:00
- Toshkentga yetib borish 22:00
Aviachiptalarni aviakompaniyaning rasmiy saytidan 3% chegirma bilan, “Uzbekistan Airways Sales” filialidan yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.