Farg‘ona aeroportida perronni ta‘mirlash ishlari boshlandi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.
Ta‘kidlanishicha, loyiha eskirgan asfalt-beton qoplamasini to‘liq almashtirish va mustahkamlashni nazarda tutadi.
Shuningdek, perronning barcha elementlari zamonaviy xavfsizlik hamda foydalanish talablariga mos holatga keltiriladi.
Bundan tashqari, muhandislik kommunikatsiyalarini, jumladan, suv chiqarish tizimlarini yangilash hamda perron yoritish tizimini energiya tejamkor va zamonaviy uskunalar o‘rnatgan holda modernizatsiya qilish ko‘zda tutilgan.



Mazkur obyektda oxirgi marta rekonstruksiya ishlari 1991-yilda o‘tkazilgan bo‘lib, o‘shandan beri kapital yangilash ishlari bajarilmagan.
Kapital ta‘mirlashdan so‘ng samolyotlar turar joyi 9 taga yetadi. Bunga mavjud maydonni qayta rejalashtirish, chiziqlarni yangilash va havo kemalari joylashuvini optimallashtirish orqali erishiladi.
Shu bilan birga, yoritish machtalarini ko‘chirish ham samaradorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Spot, avvalroq, hukumat yangi Buxoro aeroportini qurish va boshqarish bo‘yicha tender e‘lon qilgani haqida yozgandi.


