16-aprel kuni Toshkentda ombor sanoati bo‘yicha xalqaro sammit — Central Asia Warehouse Summit (CAWS) sammiti bo‘lib o‘tadi. Spot sammitning axborot hamkori hisoblanadi.
Sammit devloperlar, logistika operatorlari, riteylerlar, e-commerce (elektron tijorat) ishtirokchilari, moliyaviy tashkilotlar va davlat organlari vakillarini bir joyga jamlaydi.
Tashkilotchi — mintaqadagi ombor developmenti va investitsiyalari bo‘yicha yetakchi hisoblangan IBC Global konsalting kompaniyasi hisobalanadi.
CAWS sammitining Olmaotadagi oldingi tadbirlarida 11 mamlakatdan 350 dan ortiq ishtirokchi qatnashgan.
Muhokama qilinadigan asosiy mavzular qatoriga O‘zbekiston va Markaziy Osiyoning investitsiyaviy salohiyati hamda makroiqtisodiy tendensiyalar, ombor ko‘chmas mulki bozori tahlili va rivojlanish prognozlari, loyihalarni moliyalashtirish imkoniyatlari kiradi.
Shuningdek, ombor majmualarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiya qilish, chakana savdo va elektron tijoratning logistika sohasiga ta’siri hamda joriy faoliyat natijalari tahlili ham muhokama qilinadi.
Tadbir doirasida ilk bor ikki sohaviy reyting taqdim etiladi:
- ombor sessiyasi doirasida — O‘zbekistondagi ombor devloperlarining eksklyuziv reytingi;
- riteyl va e-commerce sessiyasida — 2025-yilda eng tez o‘sayotgan savdo tarmoqlari reytingi.
Unda ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish majburiy hisoblanadi.
Ro‘yxatdan o‘tish, sammitning asosiy mavzulari va sessiyalar dasturi bilan tadbirning rasmiy saytida tanishish mumkin.