8-iyul kuni soat 14:00 da Toshkent shahridagi Inha universitetida “Google I/O Extended 2023” konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar bermoqda.

“Google I/O Extended” — “Google” tomonidan Android, Chrome, Chrome OS, Google API, Google Web Toolkit, App Engine va ochiq manba texnologiyalari va “Google” xizmatlarini rivojlantirishni muhokama qilish uchun oʻtkaziladi.

Konferensiya 2015-yilda Toshkent shahridagi Inha Universiteti talabalari tomonidan tashkil etilgan va hozirda O‘zbekiston va Markaziy Osiyodagi eng yirik IT hamjamiyatlaridan biri bo‘lgan “GDG Tashkent” nomi bilan tanilgan.

I/U Extended — dasturchilar uchun tashkil etilgan bo‘lib, “GDG Tashkent” bir qancha xalqaro va mahalliy ekspertlar tomonidan tashkil etiladigan ochiq suhbatlar va sessiyalarga taklif qiladi va bunda har bir kishi mutaxassisga o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarni berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Bundan tashqari, O‘zbekistonning axborot texnologiyalari va startap loyihalari sohasidagi yetakchi mutaxassislari anjumanda ishtirok etadi.

Konferensiyada ishtirok etish uchun havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” Regina Abdurahmonova bilan muvaffaqiyatli savdo asoslari mavzusida seminar bo‘lib o‘tishi haqida yozgandi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 7-iyulgacha ro‘yxatdan o‘tish kerak.