7-iyul kuni soat 17:00 da “Muvaffaqiyatli savdo asoslari” mavzusida bepul seminar bo‘lib o‘tadi. Bu haqda “IT Park” matbuot xizmati xabar bermoqda.

Tadbirning maqsadi tinglovchilarni mijozlar bilan muloqot qilish va muzokaralar olib borish metodologiyasi bilan tanishtirishdan iborat.

Mazkur seminar savdo sohasidagi yangi boshlanuvchilar uchun ham, muloqot va ishontirish qobiliyatlarini takomillashtirishga intilayotgan tajribali mutaxassislari uchun ham foydali bo‘ladi.

Ma’ruza tajribali yetakchi savdo menejer, “Micros” o‘quv markazining o‘qituvchisi Regina Abdurahmonova tomonidan olib boriladi.

Seminar doirasida ishtirokchilar bir nechta asosiy mavzularni, jumladan, sotish asoslari, sotishga turlicha yondashuvlar va mahsulotlarni sotishning afzalliklarini muhokama qiladilar.

Seminarda ishtirok etish bepul va u rus tilida olib boriladi. Joylar soni cheklangan.

Ro‘yxatdan o‘tish 7-iyulga qadar havola orqali amalga oshiriladi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.


Avvalroq “Spot” “Barcha uchun neyrotarmoqlar” mavzusida onlayn uchrashuv oʻtkazilishi haqida yozgandi.

Unda ishtirok etish bepul boʻlib, buning uchun 28-iyungacha roʻyxatdan oʻtish kerak.