29-iyun kuni soat 16:00 da Edusession doirasida navbatdagi tadbir boʻlib oʻtadi, deya xabar bermoqda “IT Park” matbuot xizmati.

Uchrashuv onlayn tarzda oʻtkaziladi va “Barcha uchun neyrotarmoqlar” mavzusiga bagʻishlanadi.

Seminarni Zerocoder universiteti hammuassisi va bosh direktori Kirill Pshinnik olib boradi.

Maʼruza menejerlar, tadbirkorlar, startaperlar, HR menejerlari va talabalar uchun foydali boʻladi.

Vebinar ishtirokchilari quyidagilarni bilib oladilar:

  • SI biznesda hozirdan boshlab qanday vazifalarni bajarishi mumkin;
  • biznes uchun SIʼdan foydalanishning 10ta usuli;
  • Zerocoder universitetida neyrotarmoqlar qanday vazifalarni oʻz zimmasiga oldi;
  • SI yordamida amalga oshirilgan muvaffaqiyatli biznes yechimlarini koʻrib chiqish.

Vebinarda qatnashish bepul va u rus tilida olib boriladi.

Unda ishtirok etish uchun arizalar 28-iyunga qadar havola orqali qabul qilinadi.

Zoom konferensiyasiga ulanish uchun havola. Konferensiya identifikatori: 820 1663 9308

Kirill Pshinnik — Zerocoder universiteti hammuassisi va bosh direktori; Megaproryv.ru bosh direktori va hammuassisi; Unium.ru tijorat direktori; turizm biznesining bosh direktori va hammuassisi; megaplan.ruʼning savdo boʻyicha direktori, shuningdek, malakali investor va Moscow Seed Fund tomonidan akkreditatsiya qilingan.


Avvalroq “Spot” “Venchur tahlilchisi” kursining o‘ninchi oqimiga arizalar qabul qilinayotgani haqida yozgandi.

Unda ishtirok etish bepul bo‘lib, buning uchun 30-iyungacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tish kerak.