Pro Business kompaniyasi Toshkentda IMAN Holding asoschisi va direktorlar kengashi raisi Rustam Rahmatov ishtirokida biznes-nonushta tashkil etadi.

Rahmatov — xalqaro tajribaga ega investitsion bankir: u O‘zbekiston, AQSh va Lyuksemburgda ishlagan, shuningdek, IFC va EY kabi xalqaro kompaniyalarda investitsiyalar va konsalting bilan shug‘ullangan.

Uchrashuv doirasida Rustam Rahmatov kompaniyaning rivojlanishi va IMAN’ga yillik $100 mln aylanmaga erishish imkonini bergan omillar haqida so‘zlab beradi. Shuningdek, mahsulotni yaratish, marketing va savdo mavzulari ham yoritiladi.

Tadbir 5-aprel kuni soat 11:00 da bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish talab etiladi, shundan so‘ng tashkilotchilar ishtirokchilarga nonushta o‘tkaziladigan joyni maʼlum qiladilar. O‘rinlar soni cheklangan.