Toshkentda shaxsiy samaradorlikni boshqarish va charchoqning oldini olishga bag’ishlangan BOOST Business Club uchrashuvi bo‘lib o‘tadi.

Ma’ruzachi — JV TEAM asoschisi Jeksen Vasilyevich. Uchrashuv doirasida u uyqu va ovqatlanish kabi fiziologik omillar samaradorlikka qanday ta’sir qilishini ko‘rib chiqadi, shuningdek, diqqatni tiklash vositasi sifatida erkin yozish amaliyotini taqdim etadi.

Jamoa bilan ishlashga va mikromenejmentdan voz kechish hisobiga yuklamani kamaytirishga alohida e’tibor qaratiladi.

Tadbir 11-aprel kuni soat 11:00 dan 14:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Ishtirok etish uchun oldindan ro’yxatdan o’tish zarur — ro‘yxatga olish tashkilotchilarning direkti orqali amalga oshiriladi.