Toshkentda tez o‘zgarishlar sharoitida sun’iy intellektning biznesga ta’siriga bag‘ishlangan Fikr yetakchilari biznes nonushtasi bo‘lib o‘tadi.
Uchrashuv doirasida ishtirokchilar AI (sun'iy intellekt)ni joriy etish qanday qiyinchiliklar va imkoniyatlar taqdim etishini hamda kompaniyalar yangi texnologik sharoitlarga qanday moslashishini muhokama qiladilar.
Asosiy mavzu doirasida ekspertlar tomonidan sun’iy intellekt biznes uchun xavflimi yoki uning rivojlanishi uchun vositami degan savolga javob beriladi. Moderatorlar — Hikmat Abdurahmonov va Laziz Adhamov.
Taklif etilgan spikerlar orasida:
- Izzat Shukurov — O‘zbekistondagi Yandex rahbari, ilgari MyTaxi va Express24 loyihalarida ishlagan;
- Nigora Akilova — go‘zallik sanoatini raqamlashtirish va avtomatlashtirilgan koll-markazlarni rivojlantirish bilan shug‘ullanuvchi Beautify.uz platformasi asoschisi;
- Abdulqahhor Tashmuhammedov — IT-jamoalarini boshqarishda 15 yildan ortiq tajribaga ega tadbirkor, Green White Solutions asoschisi va bosh direktori.
Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.