AQSHning O‘zbekistondagi elchixonasi 2026-yilgi FIFA Jahon chempionatiga borishni rejalashtirganlar uchun viza suhbati jarayoni bo‘yicha izoh berdi.
Eng avvalo, nomzodda FIFAning rasmiy veb-saytidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olingan 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati chiptasi bo‘lishi shart.
Bunda FIFA PASSga rozilik shaklini yuborish uchun fifa.com akkauntiga kirish hamda ism va pasport raqamini pasportda qanday yozilgan bo‘lsa, aynan shunday kiritish kerak
Viza arizasi jarayonini state.gov/fifa-world-cup-26 saytida boshlash talab etiladi. Bunda o‘z davlati yoki doimiy yashash mamlakati tanlanadi.
Keyin DS-160 onlayn formasini to‘ldirish va unda ham ism hamda pasport raqami pasportidagi kabi kiritiladi. Ushbu ma’lumotlar fifa.com'da kiritilgan ma’lumotlar bilan bir xil bo‘lishi shart.
Bundan keyin viza suhbati sanasini belgilanib, yangi suratni yuklash va viza to‘lovini amalga oshirish ketak.
Nomzod “Siz FIFA chiptasi egasimisiz?” degan savolga “Ha” deb javob berish kerak. Agar barcha ma’lumotlar mos kelsa, FIFA PASS imtiyozli tizimi orqali viza suhbatiga kirish imkoniyati yaratiladi.
“Suhbatga belgilangan vaqtda keling va barcha savollarga rost hamda aniq javob bering. Yodda tuting, FIFA chiptasiga ega bo‘lish viza berilishini kafolatlamaydi. Barcha arizachilar umumiy tartibda xavfsizlik tekshiruvlaridan o‘tkaziladi”, — deyiladi elchixona xabarida.
Mart oyida AQSH Green Card (Diversity Visa) dasturiga ariza berishda yangi qoidalar joriy etilishi haqida xabar berilgandi.
Davlat departamenti tomonidan 11-mart kuni e’lon qilingan yangi qoidaga ko‘ra, DV dasturiga ariza topshirish tartibiga bir qator yangi talablar kiritilishi taklif qilingan.
Endilikdan ariza topshirayotgan shaxs amal qiluvchi, muddati tugamagan pasport ma’lumotlarini kiritishi majbur bo‘ladi. Shuningdek, elektron ariza formasiga pasportning biografik va imzo sahifasining skaneri yuklanishi talab qilinadi.
Qoidalar til jihatdan ham yangilanadi: masalan, “gender” o‘rniga “sex” (jins), “age” o‘rniga “date of birth” (tug‘ilgan sana) ishlatiladi.
O‘zgarishlardan asosiy maqsad — soxtakorlik va firibgarlikka qarshi kurashish hamda ariza beruvchilarning shaxsini yaxshiroq aniqlash orqali DV dasturining ishonchliligini oshirishga qaratilgan.
Qayd etilishicha, bu qoidalar 2026‑yil 10‑apreldan kuchga kiradi va 2027‑yilgi DV dasturiga tatbiq etiladi.
2025-yilning 16-sentabridan boshlab Green Card lotereyasi uchun $1 miqdorida to‘lov joriy etildi.
Shu paytgacha lotereya xarajatlari faqat tanlangan arizachilardan olinadigan $330 miqdoridagi viza uchun ariza to‘loviga qo‘shib kelingan bo‘lsa, endi xarajatlarning bir qismi ro‘yxatdan o‘tish vaqtida barcha ishtirokchilardan undiriladi.
AQSH Davlat departamenti 30-dekabrdan boshlab Green Card (Diversity Visa — turli millat vakillari uchun viza) dasturi bo‘yicha viza berishni to‘xtatdi.
19-dekabr kuni AQSH hukumati Green Card (Diversity Visa — turli millat vakillari uchun viza) dasturini to‘xtatayotgani haqida xabar berilgandi.
Chunki Braun universitetidagi otishmada gumon qilinayotgan shaxs shu dastur orqali mamlakatga kelgan, deb ma’lum qildi AQSH ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.
Avvalroq Spot 2026-yilgi Jahon chempionati reklama sanoatiga $10,5 mlrd qo‘shimcha daromad keltirishi haqida yozgandi.
Chempionat rekord auditoriya va jahon Yalpi ichki mahsulotini $40,9 mlrdga oshirishni va’da qilmoqda, ammo reklama xarajatlariga ta’siri pasaymoqda.