Toshkentda Femina Women Club tomonidan tashkil etilgan ta’limiy ayollar biznes-forumi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir 200 ga yaqin ishtirokchini birlashtiradi va shaxsiy biznesni rivojlantirish, moliyaviy mustaqillikka erishish, shaxsiy brendni yaratish hamda savdolarni kengaytirish masalalariga bag‘ishlanadi.

Forum dasturida O‘zbekiston va boshqa mamlakatlardan, jumladan Rossiya, Yevropa va Ukrainadan kelgan ekspertlarning chiqishlari rejalashtirilgan. Shuningdek, mentor-sessiya ham ko‘zda tutilgan bo’lib, unda ishtirokchilar savollar berishlari va amaliy tavsiyalar olishlari mumkin bo‘ladi.

Forum 18-aprel kuni soat 11:00 da Wyndham Tashkent mehmonxonasining konferensiya zalida (Silkroad zali) bo‘lib o‘tadi. Joylar soni cheklangan. Ishtirok etish uchun oldindan ro‘yxatdan o‘tish zarur.