Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi (O‘zfarmnazorat) yil boshidan buyon 23 ta dorixonaning litsenziyasini bekor qildi.
Qayd etilishicha, farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi ularning faoliyatida bir qator qo‘pol qoidabuzarliklarni aniqladi.
Ularga, xususan, sertifikatlashtirilmagan, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan yoki markirovka qilinmagan dori vositalari va tibbiy tovarlarni, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan preparatlarni saqlash va sotish kiradi.
| Hudud | Dorixona |
| Qoraqalpog‘iston | Geran Farm |
| Andijon viloyati |
|
| Buxoro viloyati | Buxoro Basfarm |
| Samarqand viloyati |
|
| Surxondaryo viloyati | Yuksak Farm |
| Xorazm viloyati |
|
| Toshkent shahri |
|
Shuningdek, litsenziyalovchi organ tomonidan qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘ygan dorixona xodimlarining manzillari va ismlari maxsus reyestrga kiritildi.
O‘zfarmnazorat dorixonalarda tekshiruvlarni davom ettirmoqda va qoidabuzarlar haqidagi ma’lumotlarni ochiq e’lon qiladi.
O‘tgan haftada Raqobat qo‘mitasi yil boshidan buyon dorixonalarda dori-darmonlar narxini oshirish bo‘yicha 146 mingdan ortiq holat aniqlanganini ma’lum qilgan edi.
Nazorat organi O‘zfarmnazorat'ga bir qator qonunbuzarliklar to‘g‘risida ma’lumot taqdim etdi, shu sababli 6 ta dorixona (jumladan, Maxsudbek Biznes, Gipofiz Farm, The Great Pharm va Pharma Brend) litsenziyasidan mahrum bo‘ldi.
Avvalroq Namanganda 26 ta dorixona 497 mln so‘mga yaqin asossiz daromad olgani maʼlum bo‘lgandi.
Raqobat qo‘mitasi viloyatdagi ayrim dorixonalar dorilarni referent narxlardan yuqori sotganini aniqladi.