Bugun, 19:54 Biznes
Chorvoqda Sea Breeze qurilishi boshlanmagan, hudud chiqindilardan tozalanmoqda — Agalarov Development
Kompaniya hozirda loyiha ekspert muhokamasi va ruxsat beruvchi hujjatlarni yig‘ish bosqichida ekanligini ma’lum qildi.
Bugun, 18:46 Biznes
O‘zbekiston Mobiuz mobil operatorini $300 mlnga sotishni rejalashtirmoqda — Bloomberg
Xususiylashtirishga Qatar, Saudiya Arabistoni, Ozarbayjon va Yevropa investorlari oldindan qiziqish bildirgan.
Bugun, 18:03 Iqtisodiyot
AQSh budjeti Trampning savdo urushidan $50 mlrd ishlab oldi — FT
2025-yilning ikkinchi choragida AQSh bojxona to‘lovlaridan rekord darajadagi $64 mlrd miqdorida daromad oldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan $47 mlrdga ko‘proqdir.
Bugun, 18:02 Biznes
Brend tarixi: kimyogarning ta’m bermaydigan texnologiyasi asosida yaratilgan Pringles chipslari
Pringles chipslari ideal ko‘rinish hamda ta’mga ega bo‘lishi uchun bir nechta tadqiqotlar amalga oshirilib jarayonga kimyogar-u, tadqiqotchilar jalb qilingan. Spot bu safar aynan mana shu chipslarning yaratilishi, uning ommalashishiga turtki bo‘lgan faktorlar haqida hikoya qiladi.
Bugun, 17:45 Biznes
Janubiy Koreyaning NovaTech kompaniyasi O‘zbekistonda servis markazi ochishni rejalashtirmoqda
Qayd etilshicha, IT kompaniya yirik energetika inshootlari, shu jumladan atom elektr stansiyalari uchun yechimlar ishlab chiqadi.
Bugun, 17:07 Texnologiyalar
Google sun’iy intellekt bilan yaratilgan saraton dorisini sinash uchun ko‘ngillilar izlamoqda
Preparat oqsillar va DNK tuzilishidagi o‘zgarishlarni oldindan aytib bera oladi. Ishlab chiquvchilar kelajakda sun’iy intellekt har qanday kasallikni davolay olishiga ishonch bildirmoqdalar.
Bugun, 16:33 Biznes
O‘zbekistonda martdan buyon bojxonada qolib ketgan 5 mingdan ortiq vitrinali muzlatgichlar sertifikatlandi
O‘zstandart muvofiqlik deklaratsiyasini joriy etishga o‘tmoqda. Ichimlik ishlab chiqaruvchilar uyushmasi tizimni takomillashtirishni so‘ramoqda.
Bugun, 16:08 Moliya
Dollar kursi pasaydi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 20 so‘mga pasayib, 12 758,36 so‘mni tashkil etdi.
Bugun, 15:00
Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi
Bu kompleks yechim kassa va terminalni yagona tizimga birlashtirib, barcha turdagi to‘lovlarni qabul qilishni soddalashtiradi hamda tadbirkorlarga texnik masalalarga emas, balki o‘z bizneslariga e’tibor qaratishlariga ko‘maklashadi.
Bugun, 14:48 Biznes
O‘zbekistonda xususiy klinikalarga a’zolar transplantatsiyasiga ruxsat berilishi mumkin
Sog‘liqni saqlash vazirligi bu juda dolzarb masala ekanligini va a’zolarni ko‘chirib o‘tkazish uchun xorijga ketayotgan o‘zbekistonliklar soni ortib borayotganini bildirdi.
Bugun, 13:01 Biznes
“Narxlar oshgani yo‘q” — Bojxona qo‘mitasi telefonlarning IMEI-kodlarini ro‘yxatdan o‘tkazish haqida
Qo‘mitaga ko‘ra, bu mazmundagi xabarlar telefonlarni noqonuniy olib kirib sotayotganlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Bunday qurilmalarni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yagona bojxona to‘lovini to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Bugun, 12:58 Texnologiyalar
Apple iPhone 17 Proda titandan voz kechadi — OAV
Qayd etilishicha, Apple premium materialdan voz kechib, arzonroq alyuminiy yoki zanglamaydigan po‘latdan foydalanadi.
Bugun, 11:26 Moliya
Aholi omonatlari bo‘yicha foiz stavkalari ketma-ket uchinchi oy pasaymoqda — Markaziy bank
Shu bilan birga, milliy valyutadagi korporativ hisobvaraqlarning daromadliligi yil boshidan beri maksimal darajaga yetdi.
Bugun, 10:41 Transport
Toshkent Shimoliy temir yo‘l vokzali kirish qismigacha avtomobilda borish imkoni yaratildi
Vokzalning avtomobillar kirishi uchun yo‘lagida 5 daqiqagacha to‘xtash bepul bo‘lib, 10 daqiqagacha bo‘lgan vaqtda belgilangan to‘lov amalga oshirilishi kerak.
Kecha, 21:00 Ta'lim
Xorijda ta’lim: KOICA granti asosida Koreyada tahsil olayotgan Suhrob Abdullayev hikoyasi
Suhrob nima uchun Koreyada ta’lim olishni tanlagani, qanday qilib KOICA grantini qo‘lga kiritgani, buning uchun talab etiladigan hujjatlar va grant taqdim etadigan imkoniyatlar haqida so‘zlab berdi.
Kecha, 20:20 Biznes
Soliq qo‘mitasi alkogol va salqin ichimliklarni quyib sotishni hisobga olish tizimini ishlab chiqmoqda
Qo‘mita raisi Sherzod Kudbiyev tegishli reglament qabul qilinmaguncha noto‘g‘ri quyib sotish uchun jazo qo‘llanilmasligini ta’kidladi.
Kecha, 19:36 Biznes
Mobiuz Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasi bilan tarifni o‘zgartirish bilan bog‘liq cheklovni olib tashladi
Shu bilan birga, mobil operator kundalik abonent to‘lovi rejimiga o‘tish xizmatini boshqarish usullari bo‘yicha tushuntirish berishni ta’minladi.
Kecha, 18:04 Biznes
Biznes O‘zbekistonda ish haqi kechiktirilgani uchun kompensatsiya to‘lash formulasini qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi
Mehnat kodeksida har bir kechiktirilgan kun uchun 1,4% lik stavka nazarda tutilgan. Uni yillik hisobdan kelib chiqib hisoblash taklif etilmoqda.
Kecha, 17:33 Qiyofa
Rossiyada migrantlarning xorijga pul o‘tkazmalari miqdori cheklanishi mumkin
Davlat dumasida migrantlarning tasdiqlangan ish haqidan ortiq pul o‘tkazmalarni amalga oshirishlarini taqiqlash taklif qilinmoqda.
Kecha, 16:54 Ta'lim
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar qabuli boshlandi
2025/2026-o‘quv yili uchun mamlakat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar 5-avgustgacha qabul qilinadi.
Kecha, 16:00 Moliya
Dollar kursi yana ko‘tarildi
Amerika valyutasining so‘mga nisbatan kursi qariyb 79 so‘mga oshib, 12 778,12 so‘mni tashkil etdi.
Kecha, 15:59 Biznes
$50 mingdan boshlab uylar, 20 yillik ipoteka va bepul plyaj — Agalarov Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasi haqida
Uning so‘zlariga ko‘ra, ko‘chmas mulk xaridorining portreti ikki farzandi va $1000 dan ortiq daromadi bo‘lgan 30−45 yoshli oiladir.
Kecha, 15:58 Iqtisodiyot
Yarim yilda yengil avtomobillar savdosi kamaydi — ITIM
Joriy yilning birinchi yarmida 446 mingta yengil avtomobil sotilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilning shu davriga qaraganda 23%ga kam.
Kecha, 15:30 Texnologiyalar
Meta Facebookda original bo‘lmagan kontentga qarshi kurashni kuchaytiradi
Bunda ijtimoiy tarmoqda boshqalarning matnlari, suratlari va videolaridan tez-tez foydalanadigan profillar cheklovlarga duch keladi.
Kecha, 14:57 Biznes
Chorvoqdagi Sea Breeze loyihasi jamoatchilik bilan muhokama qilinadi — Emin Agalarov
Tadbirkorning ta’kidlashicha, dam olish maskanining qurilishi hudud infratuzilmasi va Chorvoqdagi suv sifatini yaxshilashga yordam beradi.
Kecha, 14:23 Energetika
Toshkent shahrida 2,7 mlrd so‘mlik tabiiy gaz talon-toroj qilindi
Xususan, Bektemir tumanidagi xonadonda konserva mahsulotlarini tayyorlash uchun tabiiy gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanib kelinayotgani aniqlandi.
Kecha, 13:47 Qonunchilik
20-iyuldan xorijdan tovarlarni bojsiz olib kirishda yangi tartib kuchga kiradi
Bojxona chegarasi orqali tovarlarni shaxsiy maqsadlarda bojsiz olib o‘tish uchun xorijda belgilangan muddatlarda bo‘lish kerak.
Kecha, 13:45 Qiyofa
AQSh Oliy sudi Trampga Ta’lim vazirligini yopishga ruxsat berdi
Sudning mazkur qarori Tramp ma’muriyatiga vazirlikdagi ommaviy ishdan bo‘shatishlarni davom ettirish imkonini beradi.
Kecha, 12:39 Biznes
Toshkentdagi International mehmonxonasi Rossiyaning Azimut Hotels tarmog‘i boshqaruviga beriladi
Bu Markaziy Osiyodagi birinchi besh yulduzli Azimut mehmonxonasi bo‘ladi. Bir yil oldin kompaniya Toshkentda to‘rt yulduzli mehmonxona ochdi.
Kecha, 11:10 Biznes
ILMA ipoteka obligatsiyalarini chiqarishda Tartibga solish qumdonini joriy etadi
Agentlik tajriba loyihalarini amalga oshirishning huquqiy asosini belgilab beruvchi hujjatni tasdiqladi.
Kecha, 10:59 Biznes
Starbucks xodimlari uchun haftada to‘rt kun ofisda ishlash majburiy bo‘ladi
Qayd etilishicha, 2020-yilda koronavirus pandemiyasi davrida ularga to‘liq masofadan ishlashga ruxsat berilgan.
Kecha, 10:34 Qiyofa
Rossiyada migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish kuchaytirilishi mumkin
Endi ulardan tibbiy sug‘urtadan tashqari giyohvand moddalar, OIV, gepatit B va C, sil hamda sifiliz yo‘qligini tasdiqlovchi hujjatlarni ham taqdim etish talab qilinadi.
Kecha, 10:06 Energetika
O‘zbekiston va Vengriya AESlarni sovutish uchun quruq gradirnya ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona tashkil etadi
Vengriyaning MVM EGI kompaniyasi bo‘lajak atom elektr stansiyasi uchun mutaxassislar tayyorlashda yordam berishga tayyorligini bildirdi.
14 iyul 2025, 20:02 Qiyofa
Meta Apple muhandisini $200 mln evaziga o‘z jamoasiga ishga oldi — Bloomberg
Qayd etilishicha, Apple muhandisi jamoada inson darajasida yoki undan yuqori vazifalarni bajara oladigan sun’iy intellekt tizimlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
14 iyul 2025, 19:31 Biznes
Wizz Air Abu-Dabidagi faoliyatini to‘xtatayotganini e’lon qildi
Aviakompaniya ma’lumotiga ko‘ra, u 1-sentabrdan boshlab mamlakatda ishlashni to‘xtatadi. 31-avgust — so‘nggi ish kuni bo‘ladi.
14 iyul 2025, 18:58 Qonunchilik
Prezident administratsiyasida yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Ro‘yxat
Erkin Yuldashev davlat rahbari administratsiyasining Komplayens xizmati boshlig‘i etib tayinlandi.
14 iyul 2025, 18:22 Qonunchilik
Abdulaziz Komilov, Sardor Umurzakov hamda Ruslanbek Davletov yangi lavozimlarga tayinlandi
Xususan, Komilov davlat rahbarining tashqi siyosat, Umurzakov esa strategik rivojlanish bo‘yicha maslahatchisi bo‘ldi.
14 iyul 2025, 17:47 Qonunchilik
Prezident Administratsiyasi rahbarining beshta o‘rinbosari tayinlandi
Maktabgacha ta’lim vaziri Hilola Umarova ta’lim sohasidagi islohotlarga, Sherzod Ozodzoda esa tadbirkorlik loyihalariga mas’ul bo‘ladi.
14 iyul 2025, 17:33 Biznes
O‘zbekistonda CitiBank AS vakolatxonasi akkreditatsiya qilindi
Bu mamlakat moliya bozorini chuqur o‘rganish hamda davlat organlari va moliyaviy tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
14 iyul 2025, 16:14 Qonunchilik
AOKA faoliyati tugatilib, uning o‘rnida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda
Har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha prezident Administratsiyasi huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqoti va ekspertlar tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.