«soliq qo'mitasi» tegli maqolalar
Kecha, 17:49 Biznes
“Xizmat ko‘rsatish sohasidagi yuqori soliq yuki biznesni soyaga tortmoqda” — Sherzod Qudbiyev
Soliq qo‘mitasi raisi soliq yukini kamaytirish tarafdori ekanligini bildirdi. U “yaqin kunlarda” o‘zgarishlar bo‘lishini ma’lum qildi.
Kecha, 16:56 Biznes
Soliq qo‘mitasi Lactalis’ga nisbatan noto‘g‘ri qo‘llanilgan 5,4 mlrd so‘mlik jarimani bekor qildi
Majburiy markirovka qoidalarini buzish holati qonuniy asosda isbotlanmasdan Soliq kodeksining 227−1-moddasi bilan kompaniyaga jarima belgilangan. O‘rganishlar bu noto‘g‘ri qo‘llanilganini ko‘rsatdi.
2 iyul 2025, 16:09 Iqtisodiyot
Iyuldan boshlab o‘zini o‘zi band qilgan taksichilar uchun soliqlarni agregatorlar to‘laydi
Kompaniyalar yillik daromadi 100 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan o‘zini o‘zi band qilgan shaxslardan soliqlarni ushlab qolib, Soliq qo‘mitasiga yo‘naltiradi.
30 iyun 2025, 10:45 Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yirik hisob-kitoblarni naqdsiz shaklga o‘tkazish rejalashtirilmoqda
Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev xufiyona iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha prezident qarori loyihasi ishlab chiqilgani, u naqdsiz hisob-kitoblarni rag‘batlantirishga qaratilganini ma’lum qildi.
28 iyun 2025, 16:21 Iqtisodiyot
“Ba'zi soliqchilar hali ham soliqlarni oldindan to‘lashni so‘rashmoqda” — Sherzod Qudbiyev
Birinchi yarim yillikda soliq tushumlari 25%ga ko‘payishi kutilmoqda. “O‘sish 24% bo‘lsa ham mayli, lekin tazyiqsiz bo‘lsin,” deya ta’kidladi Soliq qo‘mitasi raisi.
25 iyun 2025, 18:05 Iqtisodiyot
XVJ O‘zbekiston Soliq qo‘mitasini isloh qilishga chaqirdi
Tashkilot yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya ishini yaxshilash va tizimli kamchiliklarni bartaraf etishni tavsiya qilmoqda.
16 iyun 2025, 14:26 Iqtisodiyot
Mahallalarda yer, mol-mulk va suv soliqlarini undirishning yangi mexanizmi ishlab chiqiladi
Prezident mazkur soliqlar mahalliy budjetda qoldirilayotganiga qaramay, ularni uyma-uy yurib undirishga soliqchilarning 70−80% vaqti ketishini qayd etdi.
2 iyun 2025, 14:08 Biznes
Marketpleyslar orqali eksport qiluvchilar uchun “kiruvchi” QQSni hisobga olish mexanizmi yaratiladi
Bu qiymati $5000 gacha bo‘lgan tovar eksport qiluvchi kompaniyalarga nisbatan qo‘llaniladi. Bundan tashqari, EHFni yillik muddatdan keyin ham tuzatish imkoniyatidan qanday foydalanish mumkinligi bo‘yicha yo‘riqnomalar ishlab chiqiladi.
20 may 2025, 21:39 Biznes
Hududlararo soliq inspeksiyasi UzPost’dan $2 mln undirmoqchi. Sud esa buni asossiz deb topdi
Shunga qaramay, inspeksiya qo‘shimcha soliq hisoblash talabini qo‘yishda davom etmoqda.
18 aprel 2025, 16:57 Iqtisodiyot
Shakar uchun aksiz solig‘i hamda quruq sut importiga cheklovlar bekor qilinadi
Prezident Soliq qo‘mitasiga to‘langan QQS uchun keshbek qaytarishdagi tushunmovchiliklarni tartibga solib, adolatli tizimni yo‘lga qo‘yishni topshirdi.
8 aprel 2025, 18:09 Iqtisodiyot
“Asosiy maqsad soliq undirish emas” — Soliq qo‘mitasi o‘zini o‘zi band qilganlarning faoliyat turlari qisqartirilishi haqida
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev bu tadbirkorlik faoliyatida teng sharoit yaratishga qaratilganini, hozirda ro‘yxat xufiyona iqtisodiyot bo‘yicha ko‘rib chiqilayotganini ma’lum qildi.
2 aprel 2025, 18:08 Iqtisodiyot
2
O‘zbekistonda boy aholini soliqqa tortishning alohida tizimini yaratish rejalashtirilmoqda
Soliq qo‘mitasi eng yuqori hamda xorijda olingan daromadga ega bo‘lgan jismoniy shaxslarning to‘liq bazasini shakllantiradi.
2 aprel 2025, 17:21 Iqtisodiyot
“Biznesni legallashtirish hisobiga soliq keshbekini 2% gacha oshirishga tayyormiz” — Soliq qo‘mitasi
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning qayd etishicha, har qanday to‘lovlarni Soliq qo‘mitasining elektron xizmatlari orqali amalga oshirish soliq to‘lovlaridan qochish ehtimolini kamaytiradi.
2 aprel 2025, 15:43 Iqtisodiyot
2027-yildan san’atkorlardan daromad solig‘ini undirish tartibi kuchaytiriladi — Soliq qo‘mitasi
Qo‘mita raisi birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning ma’lum qilishicha, o‘z daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etmagan va soliq to‘lashdan qochgan san’atkorlar faoliyatida soliq tekshiruvlari o‘tkaziladi.
1 aprel 2025, 13:02 Biznes
1
Temu O‘zbekistonda taxminan 46 mlrd so‘mlik soliq to‘lamagan — Soliq qo‘mitasi
Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevning qayd etishicha, platformaga e’tiroz xati asosida soliq majburiyati yuklatilgan.
19 mart 2025, 10:58 Biznes
Temu blokirovkasi to‘g‘risidagi qaror o‘z kuchida qolmoqda — ILMA
Marketpleys o‘tgan davr uchun QQS to‘lashi va fiskal cheklarni berish uchun soliq organlari bilan integratsiya qilinishi kerak.
6 mart 2025, 18:16 Iqtisodiyot
O‘zini o‘zi band qilgan taksichilar daromadlari “nol"dan hisob-kitob qilinadi — Soliq qo‘mitasi
Daromadi 100 mln so‘mdan oshgan taksichilar uchun soliqni taksi agregatori to‘lov manbaida avtomatik hisoblash tartibi ishlab chiqiladi.
6 mart 2025, 10:37 Biznes
“Wildberries"dan O‘zbekistondagi uch yillik faoliyati uchun 50 mlrd so‘mdan ortiq soliq undirildi
Soliq qo‘mitasi marketpleys faoliyati qonunchilik talablariga mos kelmasligini aniqladi.
29 yanvar 2025, 16:02 Energetika
2024-yilda fuqarolar quyosh panellari orqali 12 mlrd so‘mdan ortiq elektr energiyasi sotdi
10 mingdan ortiq fuqarolarga xonadonida ishlab chiqarilgan 12,18 mln kVt/soat elektr energiyasi uchun subsidiya berildi.
20 yanvar 2025, 19:18 Biznes
“eBay” marketpleysi O‘zbekistonda soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
2024-yilda mamlakatda 6 ta xorijiy kompaniya, jumladan Etsy ham soliq xizmatida ro‘yxatdan o‘tgan.