O‘zbekistonda «raqamli bank» termini paydo bo‘ldi. Bu termin Markaziy bank tomonidan nizomga kiritilgan.

«Raqamli bank» orqali kassa xizmatini ko‘rsatmagan holda bank xizmatlarini masofaviy ko‘rish imkoni paydo bo‘ladi.

Raqamli banklar tomonidan bank xizmatlarini masofaviy ko‘rsatish bankning ichki tartib qoidalariga asosan amalga oshiriladi.

«Raqamli bank» termini birinchi marta O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2018 yil 9 yanvardagi «O‘zbekiston respublikasi markaziy bankining faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi» farmoniga muvofiq nizomga kiritildi.