O‘zbekneftgaz AJ Boshqaruv raisi o‘rinbosari B. Sidikov raisligi ostida Marubeni Corporation kompaniyasi maslahatchisi janob Mamoru Sekiyama boshchiligidagi Yaponiya delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Deb yozadi UZBEKNEFTEGAZ.

Muloqot jarayonida:

  • Yaponiyalik hamkorlar «O‘zbekneftgaz» AJning investitsion loyihalarida ishtirok etishga tayyor ekanini ma’lum qildi;
  • Investorlar gaz-kimyo majmualarini jihozlar bilan ta’minlashga qiziqish bildirayotganliklarini ma’lum qildilar;
  • Neft-gaz sanoati sohasidagi hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini batafsil o‘rganish, yangi loyihalar ishlab chiqish va amalga oshirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishga kelishib olindi.

O‘zbekiston sanoatida Yaponiya texnologiyalaridan unumli foydalanilmoqda. Ayniqsa, «Sintetik suyuq yonilg‘i ishlab chiqarishni tashkil etish» loyihasi doirasida «Hitachi» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan Fisher-Tropsh reaktorlari gaz-kimyo tarmog‘i rivojida qo‘l kelmoqda.