Xalqaro press-klubning ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga jamoatchilik tomonidan GM Uzbekistan ga yo‘llangan savollarga kompaniya javob berdi. Press-klubda asosan avtomobillar narxlarining oshish sabablari va eksport qilinayotgan avtomobillar bilan O‘zbekistonda sotilayotgan avtomobillar narxlari o‘rtasidagi tafovut haqida savollar berildi.

«GM O’zbekiston» AJning O‘zbekiston bo‘yicha chakana narxi va talabi yuqori avtomobillardagi ikkilamchi bozor narxi o‘rtasidagi katta farq ushbu moddellar uchun spekulyativ taklifni shakllanishiga olib keldi. Boshqacha qilib aytganda ko‘plab xaridorlar shu kabi avtomobillarni (Damas, Labo, Malibu) olayn-portal orqali sotib olish uchun navbatda turibdi.

Talabi yuqori modellarni shaxsiy foydalanish uchun sotib olishni istagan xaridorlar uni ikkilamchi bozorda juda katta narxda sotib olishlariga to‘g‘ri kelmoqda. Yuqoridagilardan kelib chiqib, taklif qilinayotgan narxlar oshirilishi quyidagi masalalarni hal qiladi:

  1. «GM O’zbekiston» tomonidan ishlab chiqarilgan avtomobillarning ichki bozordagi narx belgilanishida muvazanatni tiklash va ikkilamchi bozor narxi bilan tafovutni bartaraf etish, shuning oqibatida fuqarolar uchun avtomobil sotib olishdagi talabi mutanosibligini ta’minlash;
  2. Talabi yuqori avtomobillarni spekulyativ operatsiyalarini bartaraf qilish, va xaridorlarni ushbu modellarni fuqarolar tomonidan olib sotish uchun emas, balki maqsadli foydalanish uchun ishlab chiqaruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olinishini ta’minlash.

Narxlarni asoslash uchun qabul qilinadigan avtomobillarni ishlab chiqarish va sotish harajatlarini aniqlashda «GM O’zbekiston» AJ O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.