Dilerlik korxonalari kesimida bugungi kun holatiga shartnoma tuzish uchun 5500 dona avtomobil mavjud. Bu haqda kompaniya rasmiy saytida e’lon qildi.
“GM Uzbekistan” AJ kompaniyaning rasmiy saytida kunlik ravishda dilerlik tarmoqlarida shartnoma tuzish uchun mavjud bo‘lgan avtomobillar ro‘yxati yangilanib borishini eslatib o‘tdi.
Ayni damda dilerlarda 3500 dona Nexia va 1000 donadan Lacetti va Cobalt uchun shartnomalar mavjud.
Kompaniya dilerlik tarmoqlaridagi taqsimot bilan havola orqali tanishish mumkin. Ushbu taqsimot asosida avtomobil xarid qilish istagida bo‘lgan mijozlar shartnoma tuzish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri dilerlarga murojat qilishlari mumkin.
Ma’lumotlar kundalik tarzda yangilanib boriladi va keyingi kunning soat 09:00 gacha faol sanaladi.
Dilerlik korxonalaridagi mavjud shartnomalar kun davomida tuzilgan shartnomalar sonidan kelib chiqib o‘zgarishi mumkin.