O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi 15-avgust kuni O’zbekistondagi rasmiy sport turlari ro‘yxatiga 100033001 kod ostida yangi — Elektron kompyuter sport turini kiritdi, deb yozadi InfoCom.

Xabarda keltirilishicha, Elektron kompyuter sporti O‘zbekistonda rasmiy sport turlari ro‘yxatiga kiritilishi natijasida, Federatsiya O‘zbekistonda ushbu sport turini rivojlantirishda qo‘shimcha impuls bilan ishlaydi.

2018 yilgi Osiyo o‘yinlari doirasida eSports sport musobaqalari ham o‘tkazildi. Musobaqa tashkilotchisi hisoblangan AESF (Asian Electronic Sports Federation) tarkibida 45 ta Osiyo mamlakatlari federatsiyalari orasida O‘zbekiston elektron kompyuter sporti Federatsiyasi ham bor.

2022-yilgi Osiyo o‘yinlarida elektron kompyuter sport musobaqalari asosiy bellashuvlar qatoriga kiritilishi va rasmiy maqomda tashkil etilishi kutilmoqda.