O‘zbekistonliklar Slovakiyaning “Volkswagen” va “Volvo” kompaniyalariga ishga qabul qilinmoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

“Volkswagen” har oyda 240 nafar ishchini premium avtomobillarni ishlab chiqarish, kabel agregatlari, shassi va interyerni yig‘ish, montaj ishlari, diagnostika va avtomobillarni sinovdan o‘tkazish yo‘nalishida ishga qabul qiladi.

Nomzodlar 18−45 yosh oralig‘ida bo‘lishlari, rus tilini kommunikativ darajada bilishlari kerak.

Oylik maoshi 1200−1600 yevroni tashkil etadi. Ish 3 smenada olib boriladi.

“Volvo” kompaniyasi har oyda 150 nafar yuk mashinasi haydovchilarini ishga taklif etadi.

Nomzodlar “C” va “E” toifali haydovchilik guvohnomasi ega bo‘lishlari, rus tilini kommunikativ darajada bilishlari kerak.

Yosh chegarasi — 18−45 yosh. Oylik maosh 1700−2400 yevroni tashkil etadi.

Ikkita kompaniya uchun nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

Batafsil ma’lumotlarni bu yerdan yoki 71 205 05 00 raqamidan olish imkoniyati mavjud.

Loyiha litsenziya asosida faoliyat olib borayotgan xususiy bandlik agentligi bilan hamkorlikda tayyorlangan. Manzil: Toshkent shahar Mirobod tumani Istiqbol ko‘chasi 36-uy.

O‘tgan yil boshida fuqarolar “Volkswagen” avtomobil ishlab chiqarish kompaniyasiga ishga jalb qilinishi ma’lum bo‘lgandi.