Qarshi shahridagi ofis va mehmonxona binosi auksionga qo’yildi. Bu haqida E-ijro Auksion ma’lumot berdi.

Ofis va mehmonxona binosi Qarshi shahar B.Sherqulov ko‘chasida joylashgan bo’lib, 1−3 qavatdan iborat.

Binolarda 200 dan ortiq xona mavjud.

Yer uchastkasining umumiy maydoni 3,616 ga, binoning umumiy maydoni 5 172 kvadrat metr.

Binoning qurilish osti maydoni 0,517 ga.

Obyekt iqtisodiy ishlar bo’yicha sudlar tomonidan 2015 yil 2 iyuldagi qarori bo’yicha kim oshdi savdosiga qo’yildi.

Auksion 2 oktyabr kuni bo’lib o’tadi, arizalar 30-sentyabrgacha qabul qilinadi.

Baholangan narx 79 milliard so’m, zakalat puli esa 3 milliard so’mni tashkil etadi.

E-Ijro Auksion — yagona elektron savdo maydonchasi bo’lib, 2017 yil 1 sentyabrdan boshlab mol-mulkni sotish bo’yicha ochiq savdolar o’tkaziladi.