Instagram ruhiyatni o’ldiradi, deb yozadi “Газета.ru”.

Faqatgina rasm va videoroliklardan iborat Instagram butun dunyoda eng mashhur mobil ilovalardan biridir. Unga joylashtirilgan ko‘p martalab qayta ishlangan fotosuratlar, ideal selfilar va peyzajlar Instagram — Yer yuzidagi eng yoqimli va do‘stona joy degan hisni beradi, ammo ekspert va shifokorlar bir ovozdan unday emasligini ta’kidlashdi.

“The Guardian” nashri Instagramga shaxsiy hayoti lahzalaridan olingan chiroyli suratlarni joylab boradigan feshn-blogger Skarlett Diksonning suratlarini chop etdi. Shunday suratlardan birida u pufaklar bilan qurshab olingan joyda quymoq yeb, choy ichib o‘tiribdi.

Blogger “Eng yaxshi kunlar tabassum va ijobiy fikrlar bilan boshlanadi. Yana quymoq. Va qulupnaylar. Hamda choy ichish…”, — 6 mingtacha “like” yiqqan fotosuratiga shunday izoh qoldirilgan.

Agar Facebook chor atrof zerikarli ekanligini ko‘rsatsa, Twitter barcha odamlar yomon va iztehzoli ekanligini isbotlaydi, Instagram esa sizdan boshqa butun tevarak atrof ideal ekanligini o‘ylashga majbur qiladi.

O’tgan yili fuqarolarning farovonligini muammolari bilan shug’ullanuvchi Royal Society (RSPH) Britaniya tashkiloti 14 va 24 yoshgacha bo’lgan yoshlar o’rtasida tadqiqot o’tkazdi. Uning maqsadi beshta asosiy ijtimoiy tarmoq — Twitter, Facebook, YouTube, Snapchat va Instagram ta’sir doirasini aniqlash edi.

Instagram oxirgi o’rinni egalladi — respondentlar uyqu muammolari, ushbu platformadagi xabarlarni tomosha qqilgandan so’ng paydo bo’ladigan tanani qabul qilmaslik va boshqa alomatlardan shikoyat qildilar.

“Instagram juda jozibador ko’rinadi, lekin chegarasiz xabarlar ruhiy salomatlikka salbiy ta’sir ko’rsatadi. Foydalanuvchilar yoshlar uchun juda xavfli haqiqiy bo’lmagan tasvirlarni joylashadi “, — dedi RSPH vakili Niam MakDeyd.

Insonlar Instagramga cheksiz bandlik xayolini yaratadigan to’y, sayohat, kafe, sportzal va boshqa joylarda olingan suratlarni yuklashadi.