200 ming AQSH dollarini “uxlatgan” firibgar qo‘lga olindi, deb yozadi Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida shu yil 29 may kuni IIBga tushgan hujjatlarga ko‘ra, 2015 yil dekabr oyida Beltepa ko‘chasida yashovchi B.P. shu ko‘cha hududida Olmazor tumanida yashovchi N.R.ga birgalikda tadbirkorlik qilishni taklif etgan.

Fuqaro Xitoy Xalq Respublikasidan spirt mahsulotini ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan jihozlarni olib kelishini aytib, aldov yo‘li bilan 200 ming $ ni olgan va bergan va’dasini bajarmay voqea joyidan yashiringanligi ko‘rsatilgan.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Ko‘rilgan choralar natijasida B.P. ushlangan.