“Tesla"ning Bosh direktori Ilon Mask elektromobillar ishlab chiqaruvchi direktorlar kengashining raisi lavozimidan ozod qilinadi va AQSH qimmatbaho qog‘ozlar va birja komissiyasi (SEC)ning talabiga binoan 20 million $ miqdorida jarima to‘lashi kerak. Mask Bosh direktorlikda hamda boshqaruv kengashida qoladi, ammo endilikda kengash raisi emas, deb yozadi “BBC”.

Ushbu shartnoma Mask va “Tesla” kompaniyasi aksiyadorlari o‘rtasida qonli va ziyonli kurashni keltirib chiqarmaydi.

Mask iste’foga chiqadi

Mask shartnomani imzolaganidan so‘ng “Tesla” boshqaruv kengashi raisligini 45 kun ichida tark etadi. U qayta saylanishga urinmaslikka va uch yil ichida boshqaruv kengashi raisligiga nomzodini qo‘ymaslikka rozi bo‘ldi. Uning o‘rniga mustaqil boshqaruvchi rais tayinlanadi.

Ehtimol, Mask tvitterda bosiqlikni ushlab turishiga to‘g‘ri kelar — biroq u yangi mahsulotlar, ularning vazifalari haqida e’lon qilishga hamda ma’lumotlarni yangilab turishga odatlanib qolgan. Harholda, “Tesla” endi bunga yo‘l qo‘ymaydi.

Tesla 20 million dollar jarima to‘laydi

Shuningdek, “Tesla"ga qarshi Maskning tvitlari bilan bog‘liq jarima va ayblovlar axborot va jarayonlarni oshkor qilishni talab qilish imkonsizligi sababli ortga surilayapti. Biroq shunday bo‘lsa-da, Mask shartnoma bo‘yicha SEC qo‘ygan ayblovlarni tan olish yoki rad etishga majbur emas.

“Tesla”, shuningdek, boshqaruv kengashiga ikki mustaqil boshqaruvchini tayinlashga va qaytadan mustaqil direktorlar kengashi tuzilishiga ruxsat berdi, shu bilan birga Maskning aloqa tizimlarini kuzatib borish uchun qo‘shimcha nazorat va tartibotlarni joriy etdi.

Bularning barchasi bozordagi qo‘shimcha to‘siqlarni bartaraf etish va “Tesla” aksiyadorlari ziyon ko‘rmasligining oldini olishga yordam beradi. Endilikda “Tesla” korporativ nazoratni kutmoqda, aksiyadorlar esa Maks o‘zini kamtar tutishi va boshqaruv kengashi rahbarligidan ko‘ngliga kelgan ishni qiladigan boshqaruvchi xodim bo‘shatilishidan mamnun bo‘lishdi.