Yagona umumrespublika protsessing markazi “BPC Group” xalqaro xolding kompaniyasi bilan hamkorlikda ABT (account based ticketing) texnologiyalari asosida “STS” — “Smart Ticketing Solution” dasturiy-ta'minot majmuini ishlab chiqdi, deb yozadi kompaniya matbuot xizmati.

ABT — foydalanuvchining shaxsiy hisob raqamiga asoslangan, jamoat transportida amalga oshiriladigan zamonaviy to‘lov tizimi hisoblanadi. Tizim orqali amalga oshirilgan barcha to‘lovlar esa, markaziy serverda saqlanadi.

“Tizimning avzalliklaridan biri, unda zamonaviy bank kartalari (Uzcard, VISA, Mastercard, UPI, MIR) orqali to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatining yaratilgani hamda rejaga muvofiq, bizning Markazimizga integratsiya qilinishi hisoblanadi”, deyiladi xabarda.

Kompaniyada ta’kidlanishicha, mutaxassislar tomonidan kontaktsiz to‘lovlar sohasida yaratilgan qulayliklarni inobatga olib, tranzaksiyalarni amalga oshirish jarayonida havfsizlikni ta’minlash va transport kompaniyalari tizimida benuqson tizimni joriy etish bilan birga, ushbu tizimni avtomatlashtirish ishida inson omillariga bog‘liqlikni minimallashtirishga alohida e’tibor berilgan.

BPC kompaniyasi raqamli va innovatsion ishlanmalar bozorida yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanib, dunyoning 70 dan ortiq mamlakatida o‘z hamkorlariga ega. Shuningdek, kompaniya jamoat transportida to‘lovlarni amalga oshirish sohasida avtomatlashtirilgan ishlanmalarni joriy etishda ko‘pyillik tajribaga ega. Sberbank hamkorligi doirasida Markaziy Transport Platformasiga ulangan hamda amalga oshirilgan loyihalar ro‘yxatiga Rossiya Federatsiyasining 20 dan ortiq shaharlari ham kiritilgan.