Birja savdolarining hajmi kamaydi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Birja savdolarining hajmi 547,3 mlrd so‘mdan 421,8 mlrd so‘mga tushdi. Sotuvlar bo‘yicha qurilish materiallari birinchi o‘rinni 32,9% bilan egallab turibdi.

Ikkinchi o‘rinda paxta tolasi joylashgan bo‘lib, birja bozorining 14,2% ni egalladi. Keyingi o‘rinlardan 11,7% ulush bilan neft mahsulotlari, 11,4% ulush bilan kimyo mahsulotlari joylashdi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali 7,2 mln $ dan ortiq qiymatga teng tovarlar sotildi. Kelishuvlarning asosiy qismini polietilen tashkil qildi. Uning ulushi 59% ga teng. Keyingi o‘rinni 40% ulush bilan paxta tolasi egalladi. Ro‘yxatning keyingi qatorini 1% ulush bilan sanoat moyi band etgan.