Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident qarori e’lon qilindi.

Qarorga binoan, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab quyidagi ixtisoslik yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalariga bakalavrlar tayyorlash yuzasidan qabul kvotalari kamida 2 barobar oshiriladi:

  • issiqxona xo‘jaliklarini tashkil etish va yuritish;
  • agrokimyo va agrotuproqshunoslik;
  • o’simliklarni himoya qilish.

Qabul kvotalarini oshirish bo’yicha takliflarni Vazirlar Mahkamasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda kiritadi.