O‘zbekistonda ilk bor Google kompaniyasining asosiy tadbirlaridan biri — dasturchilar uchun Google Developers Group (GDG) DevFest festivali o‘tkaziladi. Bu haqda AKT vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbir 2018-yil 24-noyabrda bo‘lib o‘tadi.

DevFest — Google Developers Group jamoalari tomonidan har yili Google kompaniyasi ko‘magida o‘tkaziladigan global tadbirlardan biridir.

Ushbu tadbir doirasida Googlening so‘nggi texnologiyalari va ishlanmalari taqdim qilinadi.

Xususan, ishtirokchilar mobil ilovalarni yaratish, VR/AR texnologiyalaridan biznesda foydalanish va boshqa mavzulardagi muhokamalarda ishtirok etadi.