“UZTELECOM doimiy ravishda telekommunikatsiya xizmatlari sifati va hajmini oshirish yoʻlida faol izlanishlar olib bormoqda.

Kompaniya mutaxassislari telekommunikatsiya xizmatlari bozorini har tomonlama tahlil qilib, UZONLINE abonentlari uchun mavjud yechimlar va foydalanuvchilar ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda yangi takliflar ishlab chiqmoqda, deya xabar beradi “O'zA”.

Kompaniya joriy yilning 1-dekabrdan UZONLINE amaldagi tarif rejalariga internet tezligini va taqdim etilayotgan trafik hajmini oshirgan holda oʻzgartirishlar kiritilayotganligini maʼlum qildi.