“Toyota Tsusho Corporation” O‘zbekistonning magistral ma’lumotlar tarmog‘ini kengaytirish uchun tender g‘olibi bo‘lgan edi.

Vazirlar Mahkamasining “Yaponiya xalqaro hamkorlik banki va Yaponiyaning tijorat banklari kreditiga xizmat koʻrsatish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi qaroriga binoan Yaponiya xalqaro hamkorlik banki (JBIC) va Sumitomo Mitsui Banking Corporation (SMBC) ishtirokida investitsion:

  • “Magistral va multiservisli maʼlumotlar uzatish tarmoqlarini kengaytirish”
  • “IMS (IP Multimedia Subsystems) texnologiyasi asosida kommutatsiya markazlarini modernizatsiyalash” loyihalari amalga oshiriladi.

Mazkur qaror doirasida loyihalarni hayotga tatbiq etish magistral tarmoqlarning ishonchlilik va barqarorlik darajasini oshirish, davlat xizmatlari sifatini yaxshilashga koʻmak berish orqali Oʻzbekistonning telekommunikatsiya tarmoqlari va axborot-kommunikatsiya infratuzilmasini kengaytirishni taʼminlashga zamin yaratadi.

Loyihaga 56 million $ mablag' yo’naltiriladi.