Bloomberg agentligi 2019 yilda jahon iqtisodiyotini rivojlantirish bo’yicha prognozni ishlab chiqdi.

Savdo urushlari

2019 yilda mamlakatlar o’rtasidagi savdo kelishmovchiligi “eng keskin” holatda bo’ladi. AQSh prezidenti Donald Tramp harakatlarining oldindan aytib bo’lmaydiganligi sababli, voqealar jarayoni turlicha bo’lishi mumkin: ziddiyatning pasayishidan tortib “dunyodagi ikki yirik iqtisodchi — Amerika va Xitoy o’rtasida keng ko’lamli iqtisodiy urush” sodir bo’lishi mumkin.

Agentlik mutaxassislarining fikricha, uchta mavzuni kuzatish kerak bo’ladi: AQSh va Xitoy o’zaro savdo-sotiq borasida kelishuvga erisha oladimi, Vashington Yevropa, Koreya va Yaponiya avtomobil va ehtiyot qismlariga yangi boj kiritadimi va AQSh Kongressi Meksika va Kanada (USMCA) bilan yangi savdo bitimini ratifikatsiya qiladimi.

Bu sohalarning har qanday muammolari global iqtisodiyotning holatga ta’sir qilishi mumkin.

Italiya

Italiyada populist hukumat Yevropa Komissiyasi bilan moliya siyosati haqida muzokara olib boradi (Yevropa Ittifoqi xarajatlarni kamaytirishni talab qiladi), shuning uchun italyan biznesi va aholisi xarajatlarni kamaytirishni boshladilar. Ushbu tendensiya davom etadi. Mamlakat iqtisodiyoti 2019 yilda 0,5%ga o’sadi.

Agar Italiya iqtisodiyotiga ishonch so’nsa, mamlakat uzoq muddatli turg’unlik davriga kirishi mumkin va uning kredit reytingi tushadi, bu esa ECB (European Central Bank) bilan munosabatlarda muammolarga olib kelishi mumkin. Eng yomon hollarda, Rim moliyaviy inqiroz va YI talablariga bo’ysunish yoki valyuta uyushmasidan chiqishni tanlashi kerak bo’ladi.

Buyuk Britaniya

Mamlakatning YI tarkibidan chiqishi haqidagi noaniqlik Bosh vazir Tereza Meyning iste’foga chiqishiga va hukumatni tarqatib yuborilishiga olib kelishi mumkin. Agentlik ushbu ehtimolning yuqori ekanligini ta’kidladi. YIdan chiqish 2030 yilga kelib 7% potentsial o’sishning yo’qotilishiga olib keladi.

Neft

Neftning bahosiga Eron va AQSh munosabatlari, Neft eksport qiluvchi mamlakatlar tashkilotining ishlab chiqarish darajasi shuningdek, Vashington va Saudiya Arabistoni o’rtasidagi munosabatlar to’g’risidagi qarori ta’sir ko’rsatadi.

Osiyodagi mojarolar

Ushbu mintaqada asosiy xatarlar Xitoy va uning qo’shnilari bilan aloqalariga bog’liq. Agentlik, AQShning Tayvanni qo’llab-quvvatlash va Janubiy Xitoy dengizi hududida harbiy mashqlarni o’tkazish to’g’risidagi qarori Pekin bilan to’qnashuvga olib kelishi mumkinligini tan oladi.