2018 yil 1 dekabr holatiga faoliyat ko’rsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 7371 1863 taga yoki 33,8% ga o’sgan. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalarning asosiy qismi Toshkent shahri 4643 ta (63,0%), Toshkent viloyati 825 ta (11,2%) va Samarqand viloyatlari 391 ta (5,3%) hissalariga to’g’ri keladi. Eng kam xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar Xorazm viloyati 70 ta (0,9%), Qashqadaryo viloyati 78 ta (1,1%), Navoiy viloyati 100 ta (1,4%) va Qoraqalpog’iston Respublikasi 116 ta (1,6%) hissalariga tog’ri keladi.

2018 yilning yanvar-noyabr oyida xorijiy kapital ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalarning soni 2129 tani tashkil qilgan. Bu ko’rsatkich esa o’tgan yilning shu davriga nisbatan 1334 taga ko’paygan.

Bunda, Rossiya rezidentlari kapitali ishtirokida — 391 ta, Turkiya -329 ta, Xitoy -302 ta, Qozog’iston — 222 ta, va Koreya — 153 ta yangi korxonalar ro’yxatdan o’tgan.